Bu xavfsizmi?
Pixibookni kim qilayotgani va kirganingizda nimani bilishimiz haqida qisqacha.
Kodlar haqida
Kirish kodi faqat pixibook.uz saytida kerak. Kimdir sizdan kodni yuborishni soʻrasa — bu firibgar, hatto u Pixibook yoki yaqinlaringiz nomidan yozsa ham.
Pixibookni kim qiladi
Pixibook — Oʻzbekistondan oilaviy albom. Uni kichik jamoa qiladi.
pixibook.uz@gmail.comKirish uchun botimiz — faqat @pixibook_uz_bot. Boshqa botlar va «jiyanga ovoz berish»lar bizda yoʻq.
Nimani olamiz
- Telegram orqali: Telegramdagi ismingiz va Telegram raqamingiz, telefon raqami esa — faqat oʻzingiz «Raqamni ulashish»ni bossangiz (bot faqat oʻz raqamingizni qabul qiladi).
- Google orqali: ism va pochta manzili.
- Telefon raqami orqali: raqamning oʻzi — unga kod keladi.
Hech qachon nimani olmaymiz
- Telegram, Google va pochta parollari
- yozishmalaringiz va kontaktlaringiz
- Telegram yoki Google akkauntingizga kirish — ularga sizning nomingizdan kira olmaymiz
- telefondagi rasmlar — faqat oʻzingiz yuklaganlari